<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (6-qism)</p>
</title>
<section><p>Nuriddinning darhol Tengiz suhbatiga chorlanishi qamoqxona olami qonunlaridan uzoq bo'lgan Tursunali uchun tushunarsiz edi.</p>
<p></p>
<p>Tengiz Nuriddinni dasturxonga taklif etmadi — tog'liklar odatiga sodiq qolmay, mehmonni izzat qilmadi. Bir necha daqiqa tik turgan holda gaplashishgach, chayladan baquvvat yigit chiqdi-yu, olishuv boshlanib ketdi. Tepadan kuzatib turgan Tursunali yigitga achindi.</p>
<p></p>
<p>Boltani ko'tarib yugurgisi, uni himoya qilgisi keldi. Ammo bu xohish chaqmoq umri kabi qisqa edi. Xohish chaqmog'i so'nib, joni ko'ziga ko'ringach, o'zini tiydi.</p>
<p></p>
<p>— Hay Chuchmek! Sen uchun men ishlaymanmi?</p>
<p></p>
<p>Bu ovoz Tursunalini hushiga keltirdi. Chayla tomonga boshqa qaramay, daraxt shoxlarini butay ketdi.</p>
<p></p>
<p>Pastda nima voqea yuz berganini o'ng qoshi yorilgan, chap bilagi tilingan, badani musht va tepki zarblaridan momataloq bo'lgan Nuriddin yotar mahalida aytib berdi.</p>
<p></p>
<p></p>
<p></p>
<p>«IMOM HAMZAT»</p>
<p></p>
<p></p>
<p></p>
<p>Bunday suhbatga chorlanish Nuriddin uchun yangilik emasdi.</p>
<p></p>
<p>Chakalakzordan o'tib, sohilga yaqinlashganida chayladan Tengiz chiqdi. Pachoqburunning amri bilan Nuriddin beriroqda to'xtadi. Tengiz uning ro'parasida turib olib, boshdan-oyoq tikildi. So'ng u tomon uch-to'rt qadam qo'ydi.</p>
<p></p>
<p>— Senga «esh-shak» deb laqab qo'yishibdi. Nima uchun aynan «esh-shak»?</p>
<p></p>
<p>Nuriddin Tengiz tikilganida ko'zlarini olib qochmadi. «Sendan qo'rqadigan odam emasman», deganday tik boqqanicha turaverdi.</p>
<p></p>
<p>— Gapimga javob ber: nima uchun seni «esh-shak» deyishdi?</p>
<p></p>
<p>— O'zlariga o'xshatishmoqchi bo'lishgandir.</p>
<p></p>
<p>— Shunaqami? — Tengiz istehzoli jilmaydi. — Sen qaysar emishsanmi?</p>
<p></p>
<p>— Beayb Parvardigor.</p>
<p></p>
<p>— Shunaqami? — Tengiz unga yanada yaqinlashdi. — Sherigingni nima uchun otib tashlagan eding?</p>
<p></p>
<p>— Ablahligi uchun.</p>
<p></p>
<p>— Kofirligi uchun emasmi?</p>
<p></p>
<p>— Kofirning ham insoflisi, vijdonlisi bor. Kofirning ham o'ziga yarasha e'tiqodi bo'ladi. U kofir emas, ablah edi.</p>
<p></p>
<p>— Bublikni taniysan, a?</p>
<p></p>
<p>Tanimay-chi?! Nuriddin Turkmanistondagi lagerga kelganidan to ketgunicha u bilan it- mushuk bo'lib yashadi. Qoshlarigacha qirib yuruvchi bu odamni hamma «Bublik» der, ko'pchilik undan hayiqib yurardi. Nuriddin esa, unga «maymun» deb laqab berib, bo'ysunishni istamagan</p>
<p></p>
<p>edi.</p>
<p></p>
<p>— Bublikni taniysan, — dedi Tengiz undan javob kutmay. — Bublik sendan xafa. Xizmatidan bo'yin tovlabsan. Nega xizmatini qilmading?</p>
<p></p>
<p>— Men uning quli emasman.</p>
<p></p>
<p>— Qiziq… qiziq… sen yanglishma, esh… bola, kimdir kimgadir qul bo'lishi kerak. Bu dunyo o'zi shunaqa. Sening qullikdan o'zga chorang yo'q. Yo qul bo'lib yashaysan, yoki o'lasan!</p>
<p></p>
<p>— Odamning qulligi to'g'ri. Lekin siz ham yanglishmang. Odam faqat Yaratgangagina quldir. Banda bandaga qul bo'lmaydi. Ayniqsa, musulmon kofirga qul bo'lmaydi.</p>
<p></p>
<p>— Men Tengizman! Mening xizmatimni qilasanmi?</p>
<p></p>
<p>— Yo'q.</p>
<p></p>
<p>— O'ylab javob ber.</p>
<p></p>
<p>— Bublikka nima javob qilsam, sizga ham javobim shu.</p>
<p></p>
<p>— Mendan qo'rqmaysanmi?</p>
<p></p>
<p>— Nega qo'rqishim kerak? — Nuriddin unga tik qaraganicha jilmaydi. — Siz meni urarsiz, nari borsa o'ldirarsiz. Odamlar o'limdan qo'rqadilar. Ularning nodonligi ham</p>
</section>
</body>
</FictionBook>