<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>MURDALAR GAPIRMAYDILAR… (4-qism)</p>
</title>
<section><p>yoshroq bir yigitning «Men — Tengizman», deyishi shu sababli ham uni ajablantirdi.</p>
<p></p>
<p>— Gapimni eshitdingmi? Kel, o'tir.</p>
<p></p>
<p>Tursunali itoat bilan, huddi qaynonasinikiga birinchi marta kelgan uyatchan kuyov kabi o'tirdi. «Ol, ye», degan taklifni o'rinlatib bajarolmadi. Bir-ikki tishlam non yeb, maydalangan go'shtga qo'l uzatmadi. Yegisi kelib turgan bo'lsa ham, ko'ngli tortmadi.</p>
<p></p>
<p>Qamalguniga qadar ovqatlarning sarasini yeb o'rgangan odam dasturxon ustidagilarni sarqit deb bilib, irgandi. Mehmonga kechikibroq borsa, darhol dasturxon yangilanardi… Endi o'sha kunlarning sadag'asi ketsa arziydi…</p>
<p></p>
<p>Har bir harakatini diqqat bilan kuzatib o'tirgan Tengiz nafsni yengishga nima sabab bo'layotganini sezdi:</p>
<p></p>
<p>— Hazar qilyapsanmi? Nega yemayapsan?</p>
<p></p>
<p>— Hazar qilayotganim yo'q. Qornim to'q.</p>
<p></p>
<p>— Hozircha yangisan. Yana uch-to'rt oy o'tsin, birov chaynab tashlagan chandirni ham ko'zingga surtib yeydigan bo'lib qolasan. Sen menga qo'noqsan. Ol, ye! Meni ranjitma!</p>
<p></p>
<p>Avvalgi taklif endi buyruqqa aylangach, Tursunali beixtiyor go'shtga qo'l uzatdi. Bu buyruqdan so'ng «qorni to'q odam» dasturxonni yamlab yutayozdi. U ovqatlanib bo'lgach, Tengiz dasturxonning bir uchini qayirib yopdi-da, Pachoqburunga qaradi. Buyruqqa mahtal turgan mulozim bu qarashning ma'nosini uqib, dasturxonni yig'ib oldi-yu, nari ketdi. Tengiz mayorga ham bir qarash qilgan edi, u kiyimlarini qo'ltiqlab, chayla ortiga o'tdi.</p>
<p></p>
<p>— To'xtayev, gap bunday, — dedi Tengiz xoli qolishgach.</p>
<p></p>
<p>«Mening familiyamni qaerdan bila qoldi?» — deb ajablandi Tursunali. So'ng «qamoq lageri boshlig'idan ustunroq mavqedagi odamga shuni bilish qiyin ekanmi?» deb qo'ydi.</p>
<p></p>
<p>— Sen albatta tuhmat bilan qamalgan bo'lishing kerak, a?</p>
<p></p>
<p>Qora bulut choki so'kilib, birdan quyosh charaqlaganday bo'ldi: Tengiz Tursunalining ko'nglidagi gapni topib aytgan edi.</p>
<p></p>
<p>— Ha, tuhmat bilan qamashdi, — dedi Tursunali yutinib.</p>
<p></p>
<p>— Bu yerdagilarning hammasi o'zini passajir deb hisoblaydi. Seni bu yerga tuhmat boshlab</p>
<p></p>
<p>kelmagan. Hasislik qilgansan. Pupkarlarni vaqtida moylash kerak edi.</p>
<p></p>
<p>— Kimni?</p>
<p></p>
<p>— Melisani! Nima, bunaqa so'zlarga tushunmaysanmi?</p>
<p></p>
<p>— Ularni… rosa moylaganman. Bekorga yeb ketishdi.</p>
<p></p>
<p>— Yetarli moylamagansan. Molning chanqog'ini tomizg'ichdagi tomchi suvlar bilan qondirib bo'ladimi?</p>
<p></p>
<p>— Bizning ish Maskovning qo'lida edi. Ularni chelaklab ham sug'orib bo'lmas ekan.</p>
<p></p>
<p>— Bo'lmaydigan ish yo'q bu dunyoda, To'xtayev! Nima uchun Moskva senlarga yopishdi, bilasanmi?</p>
<p></p>
<p>— Yo'q, bilmayman.</p>
<p></p>
<p>— Otam rahmatli aytib berardilar. Urush mahalida ikkita o'zbekka bitta miltiq berisharkan. «Bittang o'lsang, ikkinching olib otaverasan», deyisharkan. Otalaring shunga ham ko'nishavergan. Senlar ham otalaringga o'xshagan laqmasanlar. Ahil emassanlar. Bir-birlaringni sotishni yaxshi ko'rasanlar. “Kozyol” ham ko'proq senlardan chiqadi. Senga o'xshagan sovxoz direktori boshqa yerda yo'qmi? Muttaham, poraxo'r hamma yerda to'lib yotibdi. Bunaqalar Armanistonda yo'qmi? Be, senlardan ko'ra ko'proq u yerda. Lekin Gobelyan u yoqqa</p>
</section>
</body>
</FictionBook>