<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>Tiriklay ko'milgan chaqaloq 1 Qism</p>
</title>
<section><p>Vujudi qaqshab, holsiz yotgan Zebi xola qo'shni hovlidan kelayotgan karnay-surnay ovoziga quloq tutdi. Qo'shnisi Akram aka bilan Nigora opa bugun o'g'li Anvarjonni uylantirayapti. Shodon kulgilar, qiyqiriqlar eshitilib turgan hovlida yangi hayot boshlanayapti. Xonadonlarida urf-odatlarni bajarishib, nikoh to'yini qaysi bir to'yxonada qilishmoqchi ekan?</p>
<p></p>
<p>Nog'oraning childirashi-yu, bolajonlarning baqir-chaqirlari, kuyovjo'ralarning hazil-mutoyibalaridan to'yxonada barchaning xursand ekanligi bilinib turibdi. Ko'p bo'lmadi, qo'shnisi Nigoraxon bir tovoq osh ko'tarib, hol-ahvol so'rab ketdi. Sog'lig'ining mazasi yo'q-da, bo'lmasa, borardi u ham to'yga.</p>
<p></p>
<p>Tashqarida g'ovur-g'uvur, qiy-chuvlar tugab, barcha to'yxonaga jo'nab ketgach, atrofga jimlik cho'kdi. Kasal odamga vaqtning o'tishi ham qiyin ekan. U yana xayolga berildi. So'nggi yillarda yolg'izligi juda bilindi. Tez-tez o'tmishini eslaydigan, kechalari dahshatli tushdan qo'rqib uyg'onib ketadigan odat chiqardi. Sovuq terga botib uyqusi qochgach, tong otishini kutib charchaydi.</p>
<p></p>
<p>Kunduz kuni yana zerikadi. Hozir ham to'y bahona bo'ldimi, jimjitlikdan zerikdimi, xullas, ko'z o'ngidan yoshligi birma-bir o'ta boshladi…</p>
<p></p>
<p>…Ular ikki opa-singil edilar. Zebiniso kenja ekanligi uchun juda erka o'sdi. Voyaga yetgan opasi Sevara uy yumushlarini bajarar, u esa qo'lini sovuq suvga ham urmas edi. Xonadonlari doim toza, ozoda bo'lganligi bois ota-onasi uni ko'p tergamas, vaqti-soati kelsa bo'yniga oladi, deb o'ylashardi. Afsuski, unday bo'lmadi. Qizaloq yil o'tgan sayin tantiq va qaysar bo'lib o'sdi. Farzandimiz hech kimdan kam bo'lmasin deb, og'zidan chiqqan narsani muhayyo qilgan ota-onasiga betgachoparlik qiladigan, faqat o'zini o'ylaydigan odat chiqardi.</p>
<p></p>
<p>Esida, shamollab, isitmasi ko'tarilgan onasiga dori ichish uchun bir piyola suv uzatmasdan, suv so'ragan onasining gapini eshitmaslikka olib ko'chaga otilgandi. O'shanda onasi zor-zor yig'lagan edi.</p>
<p></p>
<p>Opasini to'y-tomosha bilan yaxshi, bama'ni xonadonga uzatishdi. Chaqqon va epchilligi sabab bir xonadonning guldek kelini, bekasi bo'ldi u. O'zi-chi? Yengil-elpi hayot ketidan quvib, hayotini, kelajagini barbod qildi. Betayin bir yigitning yolg'on va'dalariga chuv tushib, ixtiyorini unga topshirdi. Institutda o'qiyman, deb yurgan yigit birdaniga dom-daraksiz yo'q bo'lib ketdi. Ismini ham, kimligini ham yashirib, uni aldab kelganini qiz keyin tushundi.</p>
<p></p>
<p>Ammo “Kasalni yashirsang, isitmasi oshkor qiladi”, deganlariday, yopiqlik qozon yopiqligicha qolmadi. Ko'p o'tmay homilador ekanligini sezib qoldi. Yuziga tushgan dog'larni ko'rib, onasi ham gumon qildi, shekilli, qizini qistovga oldi…</p>
<p></p>
<p>– Yashamagur, yuzimizni yerga qaratding. Sharmanda qilding bizni, benomus… – deya oh-faryod soldi onaizor.</p>
<p></p>
<p>Qiz boshini eggancha, miq etmay turaverdi. Eridan hech gapni yashirmay aytishga o'rgangan onasi uni bu sirdan ham voqif qildi. Ho'ng-ho'ng yig'lagancha, qo'rqa-pisa otasiga haqiqatni aytdi. Qizining qiliqlarini erkalikka yo'yib yurgan ota undan bu ishni kutmagan</p>
</section>
</body>
</FictionBook>