qon yig'lab qarg'anar, nima deyotganini o'zi bilmasdi… Shu tobda qishloq tarafdan qo'shnilari Mergan muallimning mashinasi kelib qoldi. Ma'mura ikki qo'lini ko'tarib mashinani to'xtatdi… — Senga nima bo'ldi, qizim? — Mergan muallim bir qochib borayotgan Mo'min tomonga, bir Ma'muraga tikilib so'radi. — Anavi… Anavi pes meni… — Nima?.. — muallim hammasini tushunib yetgandi. Hech narsa demay Ma'murani mashinasiga o'tqazdi-yu, Mo'minning ortidan quvladi… Qolgan voqealar xuddi o'quvchi o'ylaganidek yakun topdi albatta… Ya'ni, o'sha kuniyoq qishloqda «Sobir avval Mo'minni, keyin o'zini so'yib tashlabdi» degan xabar tarqaldi.