<?xml version="1.0" encoding="utf-8"?>
<FictionBook xmlns="http://www.gribuser.ru/xml/fictionbook/2.0" xmlns:l="http://www.w3.org/1999/xlink">
<stylesheet type="text/css">
.body{font-family : Verdana, Geneva, Arial, Helvetica, sans-serif;
}
.p{margin:0.5em 0 0 0.3em; padding:0.2em; text-align:justify;
}
</stylesheet>
<description>
<title-info>
<genre>sf_history</genre>
<author>
<first-name>The author's name</first-name>
<last-name>The author's last name</last-name>
</author>
<book-title>Kitob nomi</book-title>
<annotation></annotation>
<date>Sana</date>
<lang>ru</lang>
</title-info>
<document-info>
<author><nickname></nickname>
</author>
<program-used>Lib converter jcms</program-used>
<date value=""></date>
<src-url>http://johncms.com</src-url>
<id></id>
<version>1.0</version>
<history><p>book</p></history>
</document-info>
</description>
<body>
<title><p>PUL JAZAVASI… (voqea real hayotdan olingan) 3 qism</p>
</title>
<section><p>deb o'ylagansan-da!.. Mishiqi-ey, qassobman, meni hech kim chuv tushirolmaydi deb xayol qilsang, adashasan. Chunki, sen shoxida yursang, biz bargida yuramiz… Eh, o'zi anchadan beri shu do'mboq qizi tinchimni o'g'irlagandi… Xotinsizlik qursin…</p>
<p></p>
<p>Shu tobda kutilmagan hodisa sodir bo'ldi. Mo'minning yelkasiga kimdir qo'lini qo'ydi-yu, o'ziga qaratdi.</p>
<p></p>
<p>— Sobi-ir!..</p>
<p></p>
<p>— Sen yaramas, baribir itligingcha qolibsan-da-a?.. — bu qassob edi. Bir qo'lida mol so'yadigan pichoq, ikkinchi qo'li esa, Mo'minning tomog'idan bo'g'di. — Hozir seni chavaqlab tashlayman-da, keyin o'zim melisaga boraman… Hali-chi, qizimga manaman deganiyam ko'z olaytira olmagan… Endi sen qari tulkiga tushib qolibdimi?!.</p>
<p></p>
<p>— Qo'yvor, — xirillab qassobning qo'lidan chiqishga urinardi Mo'min. — O'ldirib qo'yasan, xunasa!.. Qo'yvor!..</p>
<p></p>
<p>Sobir qassob uni sudraklab bir chetga olib o'tdi-da, bir zarb bilan yerga yotqizib, ustidan oyoqlari bilan bosib oldi.</p>
<p></p>
<p>— Kalimangni keltiraver, molfurush! — dedi xotirjamlik bilan pichoqning</p>
<p>uchini uning qorniga tirab. — Birovning gulday qiziga ko'z olaytirish qanaqa bo'lishini ko'rsatib qo'yaman senga!..</p>
<p></p>
<p>— Pulni berr!.. — hanuz xirillardi Mo'min. — Pulimni ber dedim!..</p>
<p></p>
<p>— Pulingni qiyomatda olasan endi… Odamga o'xshab gapimga quloq solganingda olarding. Endi bo'lsa…</p>
<p></p>
<p>— Yo'q, o'ldirma, qassob!.. Jon uka, bu shashtingdan qayt!.. Bir umr xizmatingni qilay!.. Mayli, o'sha yaramas puldan ham kechdim…</p>
<p></p>
<p>Sobir qassob negadir bo'shashib Mo'minni qo'yib yubordi. Yalinishlari ko'nglini bo'shatib yubordi chamasi.</p>
<p></p>
<p>— Bor, uyingga daf bo'l! — dedi sekin. — Ikkinchi qorangni ko'rmay!..</p>
<p></p>
<p>— Rahmat senga, uka, rahmat!.. Kechir!..</p>
<p></p>
<p>Qo'rqib ketgan Mo'min qanday tomorqa tarafga yugurib ketganini o'zi ham sezmay qoldi…</p>
<p></p>
<p>Sobir qassob birpas uning ketidan tikilib turdi. Molfurush hamon qorong'ilikda harsillagancha chopib borardi…</p>
<p></p>
<p></p>
<p></p>
<p>* * *</p>
<p></p>
<p></p>
<p></p>
<p>Afsuski, qassobning kechirganidan kerakli xulosa chiqarib olmagan Mo'min ertasiga kuppa-kunduz kuni do'kondan kelayotgan Ma'muraning yo'lini to'sdi…</p>
<p></p>
<p>Qishloqqa kiraverishda hech zog' ko'rinmasdi. Yo'lning ikki cheti dala. Mo'min atrofda hech kim yo'qligiga amin bo'lgach, qizning yo'liga ko'ndalang bo'ldi.</p>
<p></p>
<p>— Oh, ona qiz, men seni ertalabdan beri kutaman-a! — deya Ma'muraning qo'llaridan ushlashga chog'landi u. — Juda go'zalsan-da!..</p>
<p></p>
<p>— Qoching, yo'limni to'smang! — Mo'minni chetlab o'tishga urindi qiz. — Dadamga aytib beraman… Kap-katta odam uyalmaysizmi?..</p>
<p></p>
<p>— Ie, shunday qizni ko'rgan erkakda uyat nima qilsin?.. Qani, quchog'imga kirgin-chi!..</p>
<p></p>
<p>Mo'min kutilmaganda Ma'murani quchoqlab tutlar orasi osha bedazorga olib o'tdi va tappa yerga bosdi. — Hozir o'zim seni…</p>
<p></p>
<p>Ma'mura jonholatda baqirar, tipirchilab Mo'minning quchog'idan chiqib ketishga urinar, ammo kuchi yetmasdi…</p>
<p></p>
<p>Oradan besh daqiqalar o'tib…</p>
<p></p>
<p>Mo'min Baribir maqsadiga yetolmadi. Qiz o'zini qurbi yetganicha himoya qildi. Birozdan so'ng esa, Mo'minning chotiga kuchi boricha tepib jonholatda uyi tomon chopib ketdi…</p>
<p></p>
<p>Ma'mura yo'l-yo'lakay</p>
</section>
</body>
</FictionBook>